Jumadan oldin nafl namoz

Assalomu alaykum! “Jum’a kuni quyosh tikkaga kelgan payt nafl namoz, masalan tahiyyatul masjid namozi o‘qisa bo‘ladimi” degan savol berganidim. Iltimos shunga oydinlik kiritib bersangizlar, zero ko‘pchilik jum’a kuni masjidga quyosh tikkaga kelgan payt keladi va nafl o‘qiydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jum’a kuni quyosh tikkaga kelgan payt nafl namoz, masalan tahiyyatul masjid namozi o‘qish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:55 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar