Xayolda zikr qilish

Assalomu alaykum! Agar xayolda Allohni zikr qilib yursa, ya’ni labni qimirlatmay xayolda ish qilyatganda zikrni, salovatlarni qaytarib yursa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Sahobalar bilan hozirgi kundagi biz mo‘minlarning farqi ular soddaliklaridan tashqi kiyinishlari sodda qimmatbaho toshlar bilan ichi to‘la to‘ldirilgan oddiy yog‘och sandig‘u, biz esa ichi bo‘m-bo‘sh turli tuman bezaklar bilan bezatilgan jim-jimador javonga o‘xshaymiz. Ularni ichidagi o‘sha qimmatbaho tosh “Attaalluq ma’Alloh” degan narsa edi. Ularning qalblari Allohga bog‘lanish bilan to‘layu, bizniki o‘sha bog‘lanishdan bo‘m-bo‘sh. Ular hayotlarini har bir sohasida har lahzada Allohga bog‘langan edilar. Qo‘rqsalar ham Allohdan qo‘rqar edilar, umid qilsalar ham Allohdan umid qilardilar, madad so‘rasalar ham Allohdan so‘rardilar, ibodatni ham faqat-faqat Allohni roziligi uchun qilardilar. Bersalar ham Alloh uchun bermasalar ham Alloh uchun edi. Allohga bog‘lanishni hosil qilishni uch yo‘li bor. Biri, siz aytgandek hamma holatda qalbi Allohga bog‘lanib Allohni zikr qilishdir. Allohni zikr qilish uchun ovoz chiqarish shart emas. Shunchali darajada ko‘p zikr qilish kerakki, har qanday holatga duch kelganda birinchi o‘rinda Alloh esga tushish kerak. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar