Zakot va qarz masalasi

Assalomu alaykum! Bir shaxs ikkinchisiga 750$ va 7mln 568 ming so‘m qarz bergan. Qarzdor bugungacha 2-3 yil o‘tsa xam qarzini to‘lash imkoniga ega bo‘lmagan. Pul egasi nisob sohibi bo‘lgani sabab bu yilgi zakotini shu qarzdorga berib, Pul qarzdorga mulk bo‘lib o‘tgandan keyin (qarzdan ortiqchasi xam bor qarzdorni o‘ziga olib qolishi uchun) endi mendan olgan qarzingni to‘la dab aytsa va agar qarzdor bersa qaytarib olsa bo‘ladimi. qaytarib olsa bo‘ladimi. Masalani 2- tomoni shundaki pul egasi zakot uchun vakilga (bu erda men vakil. Qarzdor va qarz beruvchi o‘rtasidagi masofa taxminan 1000 km) 850$ bergan. (Qarzdorning qarzi 750$+7 mln 568 ming so‘m). Bunda dastlab shu 850$ni qarzdorga zakot qilib berib, 750$ni qarz hisobiga qaytarib olib, keyin yana shu pulni o‘zini qarz beruvchi hisobiga o‘tgach yana zakotning davomi sifatida qarzdorga yana zakot qilib berib, 7 mln 568 mingni bugungi kurs bo‘yicha Yana dollarda qarz sifatida qaytarib olsa bo‘ladimi. Natijada qarz beruvchi zakotini bergan xolda qarzdordagi qarzini xam undirib oladi. Qarzdor qarzidan qutilib, qo‘shimcha 100$ zakot oladi. Shu xolatda zakot ado bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shartlashib olib qilinmaydi. Zakotni bergandan keyin qarzini talab qiladi, qaytarib bersa, oladi. Bermasa, olgan kishining haqqi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 126 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar