Mehnat xakkim

Assalomu alaykum! Biz qurilish firmada ko‘p yillar davomida quruvchi bo‘lib ishlab keldik meni akam amakimni o‘g‘li xam quruvchi oldiniga akam bilan amakimni o‘g‘li birga ish boshlashdi men bular ikkisini qo‘lida oylikchi ish boshqaruvchi sifatida ish yurgizardim ikkala akalarim foyda bo‘lsaham sherik ziyon bo‘lsaham sherikmiz deb kelishib olishgan oradan yillar o‘tdi ularni topgan foydasi xaqida bilmasamxam lekn ko‘rgan ziyonlari xaqida ko‘rdim bildim eshitdim akam amakimni o‘g‘li o‘rtasida ishlari yaxshi yurishgan davrda amakimni o‘g‘li men uchun aloxida o‘z nomidan yangi qurilish bino olib berdi bu sen uchun bu erdan topganing o‘zing uchun bo‘ladi bu ish ichida foydanixam ziyondixam o‘zin topasan seni topganinga akangxam menxam aralashmimiz 100 so‘m foyda qilsang 1 so‘miga aralashsam yoki 1 so‘miga xiyonat qilsam xarom bo‘lsin dedi to‘g‘ri niyat qilib Allohan so‘rab ishlasen Alloh baraka beradi dep chuntirdi biz kelishib oldik men uchun ajratilgan yangi qurilish binosini amakimni o‘g‘li menga ishonib berdi men Allohga shukur yuzim yoruq bo‘lib shu menga berilgan ish o‘z vaqtida chiroyli topshirdim bu men uchun ajratilgan qurilish binodan yaxshigina daromad keldi buni menxam akamxam amakimni o‘g‘lixam bilardi bir ish bo‘ldiki akam bilan amakimni o‘g‘li o‘rtasida sovuqchilik bo‘ldi akam tarafdan o‘rtalarida ziyon kelib chiqibti eshitishim bo‘yicha lekn buni o‘zlari biladi chunki bularni foydasigaham ziyonigaham sherik emas edim ish boshqaruvchi sifatida ishchi bo‘lib ishlardim savolimdan maqsad shuki men uchun ajratilgan ishdan foyda bo‘ldi lekin bu foydani amakimni o‘g‘li seni akangni dep ziyon ko‘rdim endi seni topgan shu foydang akang uchun to‘g‘ri bo‘ladi qanaqa chunsen chun dep menda rozilikxam so‘ramadi xuddi bu ziyonlari ichida menxam bordek muoila qildi lekn men aytdim axir aka uchun uka uka uchun aka dindaxam dunyodaxam javob bermedi men sizlar bilan sherik bo‘lib ishlamaganman ishchi bo‘lib ishlaganman xar kim qilgan ishi uchun o‘zi javob beradi dep chuntrdim lekn chunmadi shu o‘zim mexnat qilib topgan foydamni akamni ziyoniga to‘g‘irlab qo‘ydi shu ish to‘g‘rimi iltimos bu masalada dinniy dunyoviy hisob qilib ko‘rib berilar ahir meni qilgan mexnatim boru xop qilgan ishimdan foydamni ololmasman lekn ish davrida ishlaganman ish xaqqim uchun oylikxam yoki tirikchilik uchun puldan olmaganman xech bo‘lmagandan ishchi sifatida ishladim 2.5....3oy 7yod begona ishlasaxam oylik qilib ish xaqqiga xak to‘laysz xo‘p foydamni bermasezxam mexnat qilgan xaqqim bordur dep xam so‘radim beraman dep beradi 7yod begonalarga qilolmedigon muomila qilyapti qochib yo‘q odam bo‘lib. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat aynan siz yozgandek bo‘lsa, takroran aytamiz, aynan siz yozgandek bo‘lsa o‘sha amakingizni o‘g‘li bu masalada nohaq. Har kim o‘z haqqini talab qilsin. Vallohu a’lam!

25 Noyabr 2023, 13:45 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar