Ko‘ngil g‘ashlik
Assalomu alaykum! Iltimos judayam tushkin xolatdaman shayton vasvasa qvotimi blmiman dinga nisbatan sovib ketvoman nma kilsam bo‘ladi. Bir ikkta saytlada ko‘rdimki balog‘atga etgan ayol va erkak tushlarida extilom bo‘lib qolsa g‘usl vojb bo‘lar emush. Shu gaplarni eshitganimdan keyin tush ko‘rmasam xam tush ko‘rdim ehtilom bo‘p qoldim degan xayol keluradi. Xar kuni g‘usl olib charchadim, suvdan bezilab qoldim va namozga bo‘gan ixlosim yo‘qolib qo‘rquv paydo bovoti. Iltimos sizdan befarq qoldirmang savolarimga javob oli.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom shariatining aniq qonun-qoidalari bor. Qanday holatlarda g‘usl vojib bo‘lishi va qanday holatlarda vojib bo‘lmasligi aniq belgilab qo‘yilgan. Tushingizda jinsiy yaqinlikni ko‘rsangiz va uyg‘ongach ich kiyimingizda maniyni yoki unga o‘xshash narsani ko‘rsangiz g‘usl vojib bo‘ladi. Siz turli noaniq hayollarni chetga surib qo‘yib, sizda bo‘layotgan vaziyatga aniqlik kiriting. Yuqoridagidek bo‘lsa g‘usl vojib, boshqa iloji yo‘q. Maniy yoki unga o‘xshash narsa chiqmagan bo‘lsa vojib emas. Turli vasvasalar bilan dinga yoki boshqa har qanday narsaga nisbatan munosabat bildirish xato xulosaga olib keladi. Bunday noqis fikrlash sizni hayotda ko‘p toyilishingizga sabab bo‘ladi. Hissiyotlarga berilmasdan o‘zingizni qo‘lga oling. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 12:18 | Savol-javoblar | 0 | Ibodatlar