Kasbiga layoqatsizlik
Assalomu alaykum! So‘nggi vaqtlarda turli xil hujjatlar yig‘ishimga to‘g‘ri kelib, har xil idoralarga borayapman. Ba’zi ishchi xodimlar o‘z kasblariga juda ham loqaydlik bilan qarashi natijasida, hujjatimda xatoliklarga yo‘l qo‘yishdi. To‘g‘rilab berishlarini so‘rasam, ovora qilib ertaga-indinga keling deyishdi, 4-5kun ichida ovoragarchiliklar bilan to‘g‘rilab berishdi. Ba’zi joyda ishchilar ish vaqti bo‘lishiga qaramay, yoki hali ishga kelmagan, yoki boshqa xonada yurgan bo‘lishadi. Bitta qo‘l qydirish uchun ancha uzoq kutishga to‘g‘ri keladi. Ish vaqtida joyizda o‘tirsangiz bo‘lmaydimi desam jahl qilishadi yoki ovozlarini ko‘tarib gapirishadi. Ba’zida shu korxona rahbariga yoki huquq idoralariga murojaat qilmoqchi bo‘laman qiynalib ketganimdan, lekin agar murojaat qilsam shu xodim men sababchi ishidan yoki maoshini bir qismidan ajralib qolmasmikin deb o‘ylab qolaman. Bunday holatlarda dinimiz qanday yo‘l tutishni maslahat beradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir, ikki bor nasihat qilish, agar nasihat ta’sir qilmasa uni adabini beradigan joylarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Bu bilan u maoshidan mahrum bo‘lishi mumkin, lekin qanchadan-qancha odamlarning haqqini zoe qilishdek shariatda harom qilingan ishdan tiyilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:15 | Savol-javoblar | 200 | Dolzarb savollar