Boshqa mazhab amalini qilgan

Assalomu alaykum! Imom Molik, imom Ahmad, imom Shofe’iy rohimahullohlarni juda hurmat qilamiz, ilimlarini e’tirof etamiz, hayotlarini o‘rganamiz, ibrat olamiz. Lekin nima uchun biror kishi ixtilofli masalada ular bergan fatvoga amal qilsa uni qattiq malomat qilamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz malomatga qolyapti degan odamlaringiz mazhabni tan olmaydigan odamlar bo‘ladi. Ular bitta mazhabni ushlab shunda sobit turishsa o‘zlari bilishadi. Ammo qarg‘aga o‘xshab u shoxdan bu shoxga sakrab ahli sunna val jamoani mazax qilib, hanafiylarni ahli ray’ deb kamsitib, o‘zlari fitna chiqarishadi. Ularga mazhabni qizig‘i ham ahamiyati ham yo‘q. Qaerda mazhab haqida gap ketsa o‘sha gapga xilof qilib fitna chiqarishsa bo‘ldi. Sizga ham Allohdan ilm so‘raymiz, toki o‘shandaylarni ajratib oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar