Axloqi yomon tanishlar
Assalomu alaykum! Juda ko‘p o‘ylab shu savolni berishga majbur bo‘ldim. Biz o‘g‘il bolalar ko‘p ko‘chada yuramiz, do‘st ulfatlar ko‘p bo‘ladi, tabiyki ko‘p narsalarga guvoh bo‘lamiz. Meni o‘ylantirayotgan narsa ko‘p namozxon birodar tanishlarimizni ko‘rib xayron qolaman. Namoz o‘qishadi, ro‘za tutadi, lekin eyotgan ovqatiga umuman e’tibor bermaydi, chet el davlatlarini go‘sht maxsulotlarini xatto tap tortmay eydiganlari xam bor. Qur’on oyatlarini eshitayotganida xatto sigaret chekib o‘tiradiganlari ham bor. Og‘zidan xar 4 gapida 1 so‘kish chiqadi. Ishlarida ham ba’zi bir xollarda mug‘ombirlik, bizdan ketguncha egasiga etguncha degan naqlda ish tutishadi. Shunday ba’zi bir insonlar biz Xudo xoxlasa jannatiy bo‘lamiz, amal qilyapmizku deyishadi. Bu axvol menga juda ayanchli tuyuladi. Shunday insonlarning ibodati qanday bo‘ladi? Agar shu xolda ketaversa ularga nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Din besh qismga bo‘linadi. Sog‘lom e’tiqod, ibodat, muomalot, ya’ni har kim qiladigan kasbini halol yoki haromini bilish. Muosharot, ya’ni ijtimoiy munosabatlar va xulq. Musulmon shu beshtada mukammal bo‘lishi shart. Siz aytgan insonlarda ibodat qismigina topilib, ijtimoiy odob, islomiy xulq jihatlari topilmayotgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar