Qiroatni qalbidan o‘tkazib qilish
Assalomu alaykum! Imom qiroatni qalbidan o‘tkazib yoki faqat og‘zini nomiga qimirlatib qilsa, u imomga iqtido qilgan odam namozini boshqatdan o‘qiydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaytadan o‘qish vojib.
Ovoz chiqarib qiroat qilishning eng pasti o‘zidan boshqaga eshittirishdir.
O‘zidan boshqa eshitmaydigan darajadagi qiroatni «ovoz chiqarib qiroat qilish» deb bo‘lmaydi. Demak, ovoz chiqarish lozim bo‘lgan qiroatda aqalli o‘ziga eng yaqin turgan kishi eshitadigan darajada ovoz chiqishi lozim ekan.
Ovoz chiqarmay qiroat qilishning eng pasti o‘zi eshitadigan bo‘lishidir. Mana shu to‘g‘ridir.
O‘zi eshitadigan darajada bo‘lmagan narsa qiroat bo‘lmaydi. O‘zidan boshqa eshitadigan bo‘lsa, oshkora qiroat bo‘lib qoladi. Og‘zini yumib, xayolida qiroat qilish umuman qiroat emas.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:34 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar