Shu mazmunda hadis mavjudmi?

Assalomu alaykum! Ibn Abbos roziyallohu anhuning «Parvardigoro meni onamning qornida badbaxtlardan deb yozgan bo‘lsang, uni o‘zgartirib baxtlilar qatoridan qilgin» degan mazmunda duo qilganliklari xaqida xadis mavjudmi? Biz ham shunday duo qilsak joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi tafsirlarda ushbu duoni Abdulloh ibn Mas’ud, ba’zilarida Abdulloh ibn Umar, ba’zilarida esa Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumlarga nisbati berilgan. Zamonamiz ulamolari ularga nisbati berilgan ushbu duoni sahih emasligini aytishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 141 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar