Luqma berish

Assalomu alaykum! «Luqma» berish haqidagi javobda imomga luqma berish joizligi aytilgan va dalil o‘laroq hadis ham keltirilgan.
Lekin, biroz teparoqda «…Shuningdek, agar imom boshqa oyatga o‘tib ketgan bo‘lsa, oldingi adashgan oyatini luqma bersa, luqma beruvchining namozi buziladi. Agar imom uning noo‘rin luqmasini olsa, uning ham namozi buziladi. Sahih gap buzilmaydi…» deyilgan.
Shu jumladagi namozxondan murod kim, o‘sha imom bilan namoz o‘qib turgan muqtadimi yoki u imomga iqtido qilmasdan boshqa namozni o‘qib turgan namozxonmi?
«Sahih gap buzilmaydi.» jumlasi ikkinchi holatning o‘ziga aytilganmi yo ikkala holatga hammi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiroat qilayotgan imomga iqtido qilgan muqtadiy iroda qilingan. Namozni buzmasligi ikki holatga ham tegishli. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:43 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar