Mahalladagi ayollar

Assalomu alaykum! Mahallamizdan shahar ko‘chasigacha chamasi 10 minutlik yo‘l. Qo‘shnimiz ayolining ro‘zg‘or tashvishlarida ko‘chaga chiqayotganligini ko‘rib, mashinamda to‘xtab olib ketmoqchi bo‘ldim-u, nomahram ayol bo‘lganligi uchun indamay to‘xtamay o‘tib ketdim. Shu ishim to‘g‘rimi yoki shahargacha olib ketganim savobliroqmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yoningizda biror mahramingiz, yoki ularning mahramlari bo‘lsa joiz. Yolg‘iz holatda bo‘lsangizlar joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان“Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning  uchinchisi shayton bo‘ladi” deganlar. (Imom Ahmad rivoyati). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:45 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar