Nomaxramdan pana bo‘lish
Assalomu alaykum! Hozirgina ishtimoiy tarmokda bir maruza eshtib qoldim. Eshtishimcha uy oldini yani ko‘chadan uy oldini reshotka bilan o‘rash dinga xilof deyilgan va o‘sha xonadonga Allohni lanati yog‘ilib turadi deyilgan. Sababi u er seniki emas va atrofga ziyon deyilgan. Biz ko‘p kavatli uylarni birinchi kavatida turamiz tashqari deraza oldini tom qilib atrofini oq bo‘z bilan o‘ralgan. Chunki derazamdan 10 qadam narida yana ko‘p kavatli uy qurilmokda. Ikki uy oralig‘i bor yo‘g‘i 10 qadam. Bu degani xar ikki tomon bir birini derazadan bemalol ko‘rishi va bir birini eshtishi mumkin. Men xijobdaman tashqariga chiqsam xatto uyimda yursam xam nomaxram erkak bemalol ko‘zi tushadigan darajada yaqin. Shu sabab uyda bemalol yurish uchun ko‘cha tomonni oq bo‘z bilan o‘raganmiz. Endi ro‘paramizdagi uy to‘liq qurilib bitgach va uyga odamlar kelib yashay boshlashsa teppa qavatlarga bizni uyimizni ichi bemalol ko‘rinadi. Shu bois bo‘zni olib atrofini tunika bilan to‘sishimiz joyizmi yoki maruzada aytilganidek Allohni lanatiga uchraymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha bo‘z yoki tunukani o‘z eringizga o‘rnatsangiz joiz. O‘zingizniki bo‘lmagan erga bo‘lsa aslo joiz emas. Nomahramlarning ko‘zidan saqlanish uchun derazani parda yoki shunga o‘xshash biror narsa bilan to‘sish mumkinku. Vallohu a’lam!
6 Oktabr 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 125 | Dolzarb savollar