Unmagan pul

Assalomu alaykum! Kirib kelgan ramazon muborak bo‘lsin. Men avtomashinalarni variant qilib, bo‘lib berish sharti bilan beraman. Shularni ayrimlari pullarini berolmay kelishyapti. Bir yil hatto ikki yilga ham cho‘zilib ketayapti, lekin bular beraman diyishyapti. Shu hozirda unmay kelayotgan pullarga zakot beramanmi? Bersam ham qay tarzda beraman? Iltimos shuni tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/zakot/380-zakotga-oid-savol-zhavoblar Savol: Birovga qarz bergan kishi bergan qarzidan zakot chiqaradimi? Javob: Qarz bergan odam bergan qarzidan butkul umidini uzgan bo‘lsa, undan zakot chiqarmaydi. Mabodo, keyinchalik umidini uzgan qarzi qaytib kelsa, qo‘lliga tekkan yili uchun zakot chiqaradi. Agar umidini uzmagan bo‘lsa, undan zakot chiqaradi. Lekin, qo‘liga tekkunicha zakotni kechiktirishi mumkin. Qo‘liga tekkach o‘tgan yillari uchun ham zakot chiqaradi. أَوْ عَلَى جَاحِدٍ عَلَيْهِ بَيِّنَةٌ وَعَنْ مُحَمَّدٍ لَا زَكَاةَ، وَهُوَ الصَّحِيحُ “Qarz olgan kishi inkor qilsa, qarz berguvchida hujjat bo‘lsa, Muhammad rahimahulloh nazdilarida bunday moldan zakot vojib bo‘lmaydi. Shunisi sahih” (Raddul muhtor). ومال الرحمتي الى هذا وقال بل في زماننا يقر المديون بالدين وبملائته ولا يقدر الدائن على تخليصه منه فهوا بمنزلة العدم وبه أفتى حكيم الأمة في امداد الفتوى “Rahmatiy bun(zakot bermaslik)ga moil bo‘lib: “Zamonamizda qarzdor qarziga iqror bo‘ladi, mablag‘iga ham, mablag‘i borligiga ham. Lekin, haqdor undan qarzini undirib olishga qodir bo‘lmaydi. Bas, u mol yo‘qning hukmidadir. Hakiymul umma Ashraf Ali Tahonaviy “Imdodul fatavo” asarlarida shunday fatvo berganlar” (Fatvoi Usmoniy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar