Umra haqida savol

Assalomu alaykum! Agar bir kishi umraga borsa, uzi uchun umra shartlarini bajargach, qolgan bir necha kunidan foydalanib o‘z yaqinlari uchun ham umra qilsa bo‘ladimi? Masalan, bir kun bobosi uchun, bir kun onasi uchun, yana bir kun otasi uchun?
Ushbu holatda har bir atab qilingan umra uchun alohida-alohida ehrom bog‘lanadimi? Agar shunday bo‘lsa, o‘zi uchun olgan ehromini har bir atalgan umra uchun kiyish mumkinmi yoki yangi sotib olish kerakmi? Iltimos to‘liq ma’lumot beringlar. Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Ko‘pchilik siz kabi ehromdan pastki va tepa qismiga kiyiladigan kiyimni tushunishadi. Aslida esa maxsus amallarni bjarishni niyat qilib, “Labbayka” ni aytish ehrom hisoblanadi. “Ehrom” deb oldin o‘ziga halol bo‘lgan ishlarni harom qilib olishga aytiladi. Xuddi namozdagi takbiri tahrima kabi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar