G‘ishtga oldindan pul to‘lash

Assalomu alaykum! Bir akamiz shu yil qurilish qilmokchi edi. Shu akamizni  tanishi qish kunlari pul kerak bo‘lib, oldindan  arzonroq narxda, ya’ni 50 so‘mdan g‘isht quyib beraman deb 30,000 ta g‘ishtga pul olgan. Hozirda o‘sha akamiz qurilish qilmaydigan bo‘ldi. Pul olgan tanishi esa, g‘isht tayyor bo‘lganligini, kelib olib ketishini aytgan. Hozirda g‘ishtning narxi 65-70 so‘m. O‘sha akamiz g‘ishtni sotib yuborsa bo‘ladimi yoki o‘sha bergan pulini o‘zini qaytarib olsinmi? O‘zi umuman shunaqa oldindan arzonroq narxda to‘lab qo‘ysa bo‘ladimi? Bizdan ham ba’zi tanishlarimiz qish kunlari  shunaqa, oldindan arzonroq narxda pul so‘rashadi. “Bizga g‘isht kerakmas” desak ham “foydasiga sotib yuboraverasiz” deyishadi. Ba’zida yarim, ba’zida esa uchdan bir arzon narxda quyib berishini taklif qilishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu xuddi oldindan bir ishga buyurtma berish kabidir. Bu joiz bo‘lib, buni shariatda “istisno’” deyiladi. Biror duradgorga oldindan pul berib, buyum yasatish kabidir. G‘ishtni olib sotishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:00 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar