Qiyomatni xabari

Assalam alaykum! Yaqinda Facebook da bir guruhga qiziqib a’zo bo‘ldim. Aytilayotgan fikrlar ichida shunday ma’lumotga duch keldim. Farishtalar er yuzida o‘zlariga odamlardan tanlab, erning o‘qi tikka bo‘lmoqda. Qiyomat yaqinlashmoqda degan xabarni odamlarga tarqatishni buyurishmoqda ekan. Vakil odamlar Qur’on oyatlaridan misol keltirishmoqda. Hijob o‘rniga qalbim hijoblangan degan g‘oyalarni ilgari surishmoqda. Qiyomat bo‘lajak xodisa, unga shak yo‘q ekanligi ma’lum bo‘lsada, banda doim tayyor turishi muhim bo‘lsada, bu  ma’lumot yana ham aniq qilib aytilmoqda. Savol: Ushbu xodisani qanday baholasak bo‘ladi? Aniq ma’lumotlar bormi? Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomatning qachon ekanligining ilmi yolg‘iz Alloh taoloning O‘zigagina ma’lumdir. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zotga ham uning vaqtining ilmi berilgan emas. Bu masala g‘aybga tegishli bo‘lib, bu borada bahs yurtishi kufrga olib boradi. Qiyomatning alomatlari to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Albatta sahih dalillarga suyangan holda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:11 | Savol-javoblar | 131 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar