Diskont karta

Assalomu alaykum! Mening savolim shuki, bilamizki katta supermarketlarda xaridorlarni jalb etish uchun har turli chegirmalar, diskont kartalar yo‘lga qo‘yilgan. Do‘kondagi belgilangan chegirmadan tashqari yana kassada diskont kartalar ishlatilish to‘g‘rimi?  Bu diskont kartaga yig‘ilayotgan mablag‘ (ya’ni hamma chegirmalardan tashqari qo‘shimcha foiz hisobidagi chegirma) halolmi? Bu erda ribo aralashib qolmayaptimi? Javoblaringiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Riboga kirmaydi. Bu supermarket egalari tarafidan mukofot hisoblanadi. Bu mukofotlar boshqa xaridorlarning zarariga bo‘lmasligi shart evaziga. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:11 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar