Ogoh etish
Assalomu alaykum! Biz eshik va rom ishlab chiqaramiz. Shunda bir masala bo‘lyapti. Qurilish firmasi binoni yarmini bizaga yarmini boshqa tsexga(kimligini bilmayman) zakaz beribdi. O‘sha tsex judayam sifatsiz ishlab beribdi. Buni rom ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan odam ko‘ra oladi. Meni o‘ylantirayotgan narsa shu xaqida qurilish firmasini ogoxlantirsam g‘iybat, raqobatchini ko‘rolmaslik yoki boshqa savdo qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan joyi yo‘qmi? Qurilish firmasi biza bilan sifati judayam yaxshi bo‘lishi kerak deb shartnoma qilgandim. O‘ylashimcha ularga xam shunday shart qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shunga qurilish firmasini ogohlatirmoqchi edim. Ogohlantirsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunda niyatingizga qaraladi. Xolis bo‘lsangiz va sizni aytishingiz biror foyda keltirishiga aniq iqror bo‘lsangiz albatta isbot dalillar bilan o‘sha raqobatchingizni ogohlantirishingiz mumkin. Xulosa chiqarmasa qurilish egasiga ham aytishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat