Asrni kechiktirdim

Assalomu alaykum ustozlar! Men yaqinda asr namozini juda kech o‘qidim. Uyga ertaroq kelsam bo‘lardi, iymonim zaiflik qilib kech keldim va namozni boshlaganimda taqvim bo‘yicha shom kirishiga 10 minutcha bor edi. Lekin quyoshni ko‘rganim yo‘q. Balki botib ketgandir, lekin taqvim bo‘yicha vaqt bor edi. Namozlarim xabata bo‘p ketdi deb xavotirda yuribman. Yordam beringlar iltimos, nima qilay? O‘qigan shuncha namozlarimni boshqatdan o‘qiymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qigan namozlaringiz xabata bo‘lgan emas. Siz namozni o‘z vaqtida o‘qigansiz. Asrning vaqti o‘shandan quyosh botguncha. Asr namozi vaqtining kirishi har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lgandan to quyosh botguncha. Bu hukmning dalili ham Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namoz o‘qib o‘rgatganliklari haqidagi hadis("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:12 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar