Qizning onasi turmush qurishiga qarshi

Bir qiz bo‘yi etib, hattoki yoshi 32 ga qadam qo‘ydi, ammo uning yolg‘iz onasi uni turmushga chiqishiga qarshilik qilib, barcha sovchilarga rad javob bermoqda. Qizga hozir sovchi jo‘natayotgan mening tanishim, aqlli-hushli, xorijlarda o‘qib kelgan yigit, qiz ham rozi. To‘g‘ri, bunday savol berish va unga bir qat’iy javob olish qiyin, lekin qiz qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida ozgina yo‘l yo‘riq berishingizni Sizdan iltimos qilamiz. Savol noto‘g‘ri bo‘lsa kechirasiz deb umid qilamiz. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qiz turmush qilaversin. Onasi ko‘nmasa keyin majbur bo‘ladi. Onaga gapi o‘tadigan kishilar nasihat qilsin. Sovchi taraf ham onani yolg‘iz qoldirmalikka va’dalar bersin.

26 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar