Tarixdan bir savol

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Muso payg‘ambar Alloh bilan gaplashgan tog‘ haqida so‘ragandim. Tur tog‘i deb javob kelgandi. Lekin Qur’oni karimning "vat-tiyn "surasini 2-oyatida (Alloh taolo bevosita Muso payg‘ambar bilan so‘zlashgan) "Sino tog‘iga qasam" deyilgan. Shu haqida tushunmay qoldim. Iltimos shu haqida yanada ko‘prok ma’lumot bersangizlar. Javob uchun oldindar rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَطُورِ سِينِينَ 2. Siyno tog‘i bilan qasam. Tur tog‘i Alloh taolo bilan Muso alayhissalom so‘zlashgan tog‘dir. U Siyno yarim orolida joylashgan. «Siyno» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «muborak» deganidir. Bu makon ham Alloh taoloning huzurida e’tiborli bo‘lgani uchun, uning nomi bilan qasam ichmoqda.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 173 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar