Mijoz(klient)ni jalb qilish

Assalomu alaykum! Bizni qiziqtirayotgan savolga javob topa olmaganligimiz uchun savol berishga majbur bo‘ldik. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Savol: Bozorda xaridor bir do‘konga kirib bir mahsulotni 100 so‘mga savdolashib harid qilib, pulni ham berib, do‘konni tark etdi. Boshqa bir do‘kon oldidan o‘tayotganda sotuvchi xaridorning o‘sha mahsulotini ko‘rsatib necha pulga olganini so‘radi (bu erda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, xaridor so‘ramayapti, balki sotuvchi xaridordan qanchaga olganini so‘rayapti) va xaridor 100 so‘mga olganini aytdi. Sotuvchi bo‘lsa «Kelasi safar, mening oldimga keling xuddi shu mahsulotingizni men sizga 95 so‘mga qilib beraman» dedi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu o‘rinda aynan bir xil mahsulot haqida gap ketayapti. Ya’ni sifat va miqdori ham bir xil. Bu erda sotuvchining savdoni buzish niyati ham yo‘q, xaridordan mahsulotni qaytarib topshirishni ham so‘ramayapti. Sotuvchining maqsadi mijozni jalb qilish. Ushbu suratdadagi sotuvchining harakati shar’an joizmi? Shariatda shu tarzda mijozni jalb qilsa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda joiz yoki nojoiz degan chegara bor, lekin ulardan tashqari ham diyonatdorlik, o‘ziga ravo ko‘rganni o‘zgaga ham ravo ko‘rish, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham ravo ko‘rmaslik degan narsalar ham bor. Ko‘p o‘rinlarda bir ish joiz bo‘lishi mumkin, lekin diyonatga to‘g‘ri kelmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:23 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar