Farishtalarning o‘lishi
Assalomu alaykum! Bir tanishim farishtalar ham o‘ladi degan gapni aytdi. Bunga "Biz yaratgan barcha mavjudot o‘lim sharbatidan totgusidir" degan ma’nodagi oyat bor degan dalilni keltirdi. Bu haqiqat bo‘lsa, batafsilroq ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Qiyoatda Allohdan boshqa hech qanday tirik mavjudot qolmaydi. Hatto farishtalar ham vafot topishadi. Farishtalar g‘ayb hisoblanishadi, bizlar unga iymon keltiramiz va ular haqida oyat-hadis kelsa o‘shanigina ayta olamiz. Farishtalar vafot topishi haqida ochiq-oydin oyat ham sahih hadis ham yo‘q, lekin “Qosos” surasida Alloh taolo quyidagicha marhamat qilgan. وَلَا تَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ 88. Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Undan o‘zga iloh yo‘q. Undan o‘zga har bir narsa halok bo‘luvchidir. Hukm Unikidir va faqat Ungagina qaytarilursiz.
Ushbu oyatdan Allohdan o‘zga har bir narsa vafot topadi degan ijtihodni qilishgan. Ba’zi bir ulamolar esa “Zumar” surasi quyidagi oyatdan farishtalarni vafot topmasliklarini ijtihod qilishgan. وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَمَن فِي الْأَرْضِ إِلَّا مَن شَاء اللَّهُ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخْرَى فَإِذَا هُم قِيَامٌ يَنظُرُونَ 68. Va dudga puflandi. Osmonlaru erda kim bo‘lsa, qulab, o‘ldi. Alloh xohlaganlargina mustasno. So‘ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, ular to‘satdan turib, intizor bo‘lurlar.
Xullas qat’iy gap yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:56 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda