Marhumlar
Assalomu alaykum! Bir kishi “Biz ertalab turganimizda suv va egulikka qanchalik muhtoj bo‘lsak marhumlar ham shunchalik muhtoj bo‘ladi, shuning uchun u yoki bu duolarni o‘qib ularga savobini bag‘ishlasa, hotirjam bo‘ladi” degan gapni o‘qib qolibdi. Inson vafotidan so‘ng barzax hayotida yo azoblanadi yo rohat topadi. Shuni bilmoqchi edim ular shunchalik bizga muhtoj bo‘ladimi? Lekin men yuqoridagi egulik to‘grisidagi gaplarni inkor qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Biz ertalab turganimizda suv va egulikka qanchalik muhtoj bo‘lsak marhumlar ham shunchalik muhtoj bo‘ladi, shuning uchun u yoki bu duolarni o‘qib ularga savobini bag‘ishlasa, hotirjam bo‘ladi”. Baralviy toifasining asoschisi Ahmad rizoxon ibn Taqiy Alixon degan kimsa bo‘lib, vafotidan bir necha daqiqalar avval ergashuvchilariga vasiyatnoma qoldirgan. O‘sha vasiyatlaridan biri, “Menga turli shirin-shirin taomlardan jo‘natib turinglar, chunki vafot topuvchiga atab qilingan ehsonda, eyilgan taomning ayni o‘zi etib boradi” degan. Bu ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ziddir. Xalq ichida ham o‘shalardan etib kelgan ba’zi gaplar yuradi. O‘liklarning tiriklarga muhtoj bo‘lishlariga kelsak,
عن أبي هريرة أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال : " إن الله ليرفع العبد الدرجة ، فيقول : يا رب أنى لي هذه الدرجة ، فيقول : باستغفار ابنك لك " .
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Alloh taolo bir bandasining darajasini yuqori qiladi. Shunda u banda : “Ey robbim bu maqom men uchun nima sababdan berildi” deydi. Alloh taolo : “O‘g‘ling sening haqqinga duoi mag‘firat qilgani uchun” deydi” dedilar". (Sunani Kubro). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar