Namoz o‘qiladigan joylar

Assalamu alaykum! Men bir marta “qaerda namoz o‘qish mumkin emas” deb mahallamiz imomidan so‘ragan edim. Ular “molxona, hojatxona, qabriston, suratni oldida va yana Ka’bani ustiga chiqib namoz o‘qish mumkin emas” degan edilar. Lekin yaqinda sizlarga bir odam Ka’ba haqida so‘raganida sizlar, "To‘rtinchisi. Agar biror kishi Ka’baning ustiga chiqib namoz o‘qisa ham namoz durust bo‘ladi. Agar Ka’ba ma’bud bo‘lganda musulmon uni tepasiga chiqishi yoki tepasida namoz o‘qishi joiz bo‘lmas edi. Chunki Allohdan boshqaga ibodat qiluvchilar ma’bud deb bilgan narsalarning ustiga chiqishni axmoqlik deb biladilar. Ka’ba ma’bud bo‘lmagani uchun ham musulmonlar uning ustiga chiqib namoz o‘qishni joiz deb biladilar". Ka’baning ustida namoz o‘qish mumkinmi? Va yana qanday joylarda namoz o‘qish mumkin emas?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ka’baning ustida namoz o‘qish makruhdir. Lekin biror kishi u erda namoz o‘qisa, o‘qigan namozi durust bo‘ladi. Namozi buzilgan va namozining savobidan bebahra bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar