Xato emasmi?

Assalamu alaykum! 2012-yili qizim tug‘ilganida aqiqa qilganman. Muftiy Usmonxon Alimovning "Oilada farzand tarbiyasi" nomli kitobidagi ma’lumot "..qiz bolani sochini hatto yoshligida ham kesishdan ulamolar qaytarishgan" deyilgan. Shu ma’lumotga muvofiq qizimni sochini oldirmaganman. Hozir ona qornidagi sochi bilan yuribdi. Bu holat xato emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiz bolaning sochini hatto yoshligida ham kesishdan qaytarishlari aqiqadan boshqa holatlardadir. Bunday holatda mustahab amal tark qilingan bo‘ladi. Aqiqadan boshqa holatda qiz bolaning balog‘atga etmagan bo‘lsa ham sochi olinmaydi. Bemorlik va shunga o‘xshash holatlar bundan mustasno. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar