G‘usl bavl
Assalomu alaykum! Ustoz men muslim.uz sayita shuni ukib koldim Vadiy, ya’ni bavl qilmasdan avval yoki undan so‘ng, ba’zan og‘ir narsa ko‘targanida, keladigan oq suyuqlik. (Maziy va vadiy tahoratni ketkazsa ham, g‘usl qilish shart emas. Ikkalasi ham siydik hukmidadir). Men katta xojat qilgandan kegin bavl qilmokchi bo‘lib kuchangan edim kegin jinsiy azoimdan sariq rangili quyuq narsa oqti kegin bavl qildim shunda xozir menga g‘usl vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaziyatda odatda vadiy chiqadi. Siz o‘shani ko‘rib maniy deb o‘ylagan bo‘lishingiz mumkin. Maniy chiqayotganda shiddat va shahvat seziladi. Vadiyda esa bu narsa topilmaydi. “Kifoya” kitobida bunday deyilgan:«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlik.
Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi.
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik.
«Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida chiqadigan quyuq oq suyuqlik.
Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q.
Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi.
Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi.
Ammo, maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘l-maydi.
Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina g‘usl vojib bo‘ladi.
Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganda ho‘llikni ko‘rib, «maniy» deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 18:43 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar