Chidaymi eki Ajrashaymi ?
Assalomu Alaykum Shayh hazratlari !Oila qurganimga 8 yildan oshdi , horijda ishtiqomat qilaman ayolimni ham shu erda uchratib va shu erda turmush qurganmiz . Qaynona-qynota ko‘rmagan ayol , uy bekasi hozirgi kunda 2 farzandimiz bor ikkisi ham qiz. ayolim bilan oramizdagi urush janjal kuchayib borayapti , 5 vaqt namoz o‘qiydiu lekin meni hojayin sifatida hech qachon tan olmagan va olmidi unga faqat ota-onasi oka-ukalari 1ch o‘rinda ,men bunga qarshi emasman . men unga ayol uchun 1 chi o‘rinda erini keyin ota-onasini roziligini olish kerak desam tan olmiydi , erni oilani boquvchi inson halos deb biladi . kecha kenja qizimni (3 yoshda) ovqatini emaganligi uchun urib ko‘zini kokartirib qo‘yibti , kerak bo‘lsa so‘yib tashliman dedi .erni hurmat eki ko‘nglini olish degan harsa yo‘q . yahshi ham yomon ham gapirib ko‘rdim Olloh kechirsin hatto urib ham ko‘rdim , ohirgi paytlardi janjal uni urish bilan tugayapti .boshim qotib qoldi nima qilishga .men ham odamman ahir, ajrashay desam qizlarimni ko‘zim qiymaydi . o‘zim yoshman lekin siqilishdan urak ,megrim kasalliklariga uchradim. ayolim faqat sinni davatlaringizni eshitadi boshqalarni tan olmaydi . sizdan iltimos maslahat bering nimaqilay ? hamda ayolimga hasihat qilib qo‘ying . javobingizni kutaman va katta rahmat .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
6. Erga nisbatan barcha ishlarda yaxshi muomalada bo‘lmoq. Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning huri iyndan bo‘lgan xotini: «Unga ozor berma! Alloh ha¬lok qilsin seni! U sening oldingda kelgindi bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, biz tomon jo‘naydi», – deydi», – dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Ushbu hadisi sharif ham ayol kishi o‘z eri bilan doimo yaxshi muomalada bo‘lishi kerakligiga, eri undan ozor tortmaslik haqqiga ega ekanligiga dalildir. Ushbu haqni yaxshilab tushunib olish va uni poymol qilmaslikka harakat qilish juda ham zarurdir. 7. Eri uchun o‘zini saqlashi. Bunda ayol kishining eriga itoatda bo‘lish va uning g‘azabini chiqarmaslik uchun o‘zini turli narsalardan saqlab turishi ko‘zda tutiladi. Alloh taolo «Ahzob» surasida marhamat qiladi: «Uyingizda qaror toping. Ilgarigi johiliyat¬ning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang». (33-oyat) Albatta, har bir muslima o‘z uyida qaror topmog‘i lozim. Shuning uchun ularga viqorlarini saqlab, uylarida o‘tirish amr qilinmoqda. Bundan «Ayollar uydan chiqishlari mumkin emas ekan» degan fikr tushunilmaydi. Ushbu oyati karimalar nozil bo‘lganidan keyin ham muslima ayollar uylaridan chiqqanlar. Nafaqat uydan chiqqanlar, balki uzoq-uzoq safarlarga ham borganlar. Bu oyatda ayol kishining asosiy joyi uning uyi bo‘lishi kerak¬ligiga ishora qilinmoqda. «Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang». Johiliyat vaqtida ayollar ochilib-sochilib, yasan-tusan qi¬lib, erkaklarning e’tiborini o‘ziga tortishga intilar edilar. O‘zlarini bozorga solib, tanalari va zebu ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilar edilar. Bunday ochilib-sochilib yurish «tabarruj» deyi¬ladi. Alloh taolo muslima ayollarni johiliyat tuzumining ayol¬lari kabi ochiq-sochiq yurmaslikka amr etmoqda. Bu amr har bir muslima ayolga tegishlidir. 8. Shofe’iy va Molikiy mazhablarida hayz, nifos va junublikdan keyin g‘usl qilish xotinning burchlaridandir. Chunki, xotin hayz va nifosdan keyin g‘usl qilmasa, er unga yaqinlashishi mumkin emas. Shuning uchun u xotinini g‘usl qilishga majburlash haqqiga ega. Junub ayol esa, tezroq g‘usl qilib, namoz o‘qishi lozim. 9. Er mahri mu’ajjalni ado qilgan bo‘lsa, xotinini o‘zi bilan safar qilishga taklif qilsa, u bilan safar qilish xotinning burchidir. Ya’ni, avval berishga kelishilgan mahrni xotinga berish bilan erning uni o‘zi bilan safarga olib ketish haqqi ham sobit bo‘ladi. 10. Xotin har bir narsani eridan so‘rab qilishi zarur. Har bir joyda ham rahbardan izn so‘rash joriy qoida bo‘lgani kabi, shariatda ayol uchun erning haqqi ulug‘ligidan, u har bir narsani eridan izn olib qilishi lozimdir. Er oilaning rahbari bo‘lganidan keyin, ayol biror ish qilmoqchi bo‘lsa, avval erga izhor qilib, so‘ng ishga qo‘l urishi ikki tarafga ham yaxshilik keltirishi turgan gap. Zotan, er xotin uchun eng haqqi ulug‘ inson hisoblanadi. Oisha roziyallohu anhadan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Odamlarning ayol kishida haqqi eng ulug‘i qaysi?» – deb so‘radim. «Erining», – dedilar». Nasaiy rivoyat qilgan. Avval o‘tgan ba’zi hadislarda ayolning eridan izn so‘raydigan narsalari ichida nafl ro‘za tutish ham borligini ko‘rdik. Allohga ibodat qilishda ham, ba’zi holatlarda, erdan izn so‘rash kerakligi shundan ko‘rinib turibdi. Alloh taolo erkak va ayol bandalaridan imkon topganlariga umrida bir marta haj qilishni farz qilgan, nafl haj qiladigan ayolga esa, erining ruxsati ham shart qilingan. Shuningdek, ayol kishi sadaqa qilishda, uydan chiqishda va shunga o‘xshash narsalarda eridan ruxsat so‘rashi lozim. Faqat sog‘-salomatlik holatida ota-onaning ziyoratiga bir haftada bir marta er ruxsat bermasa ham borishga, agar ular bemor bo‘lsalar, keragicha borishga ayolning shar’iy haqqi bor. 11. Erga yordam berish va uning rioyasini qilish. Soliha ayol oila ishlarining barchasida eriga yordamchi bo‘lishi, uning xizmatini qilishi, uning molini, obro‘sini va bolalarini muhofaza qilishi lozim. Hayotning issiq-sovuqlarida eriga hamdard va yordamchi bo‘lishi matlubdir. Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Fotima alayhassalom Nabiy sollallohu alayhi vasal¬lamning huzurlariga qo‘l tegirmonidan qo‘liga eta¬digan qiyinchilikdan shikoyat qilish uchun keldi. Unga u Zotning huzuriga qullar kelganligi haqida xabar etgan edi. Bas, unga ulardan birortasi tegmadi. U buni Oishaga zikr qildi. U Zot kelganlarida Oisha bu xabarni etkazdi. U Zot biz uyquga yonboshlab olganimizda oldimizga keldilar. Biz o‘rnimizdan tura boshlagan edik: «Ikkovingiz makoningizda turavering», dedilar-da, men bilan u(Fotima)ning orasiga o‘tirdilar. Hattoki men qornimda u Zotning oyoqlarining sovug‘ini his etdim. Shunda u Zot: «Ikkovingizni so‘ragan narsangizdan ko‘ra yaxshiroq narsaga dalolat qilaymi? Qachon yonboshlaringizni olsangiz, o‘ttiz uch marta tasbeh ayting, o‘ttiz uch marta hamd ayting va o‘ttiz to‘rt marta takbir ayting. Ana o‘sha ikkingiz uchun xodimdan ko‘ra yaxshiroqdir», – dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Fotimai Zahro roziyallohu anho kim ekanliklari sir emas. U zot Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning jigargo‘shalari, butun olamlar ayollarining sayyidasi, hazrati Aliy karramallohu vajhahuning jufti halollari. U kishi o‘z uylaridagi xizmatlarni o‘zlari qilar edilar. Boshqa rivoyatlarda kelganidek, uy supurib kiyimlari chang bo‘lgan, suv tashib bo‘yinlariga meshkobning ipi botgan, qozonga o‘t yoqib vujudlarini tutun bosgan, qo‘l tegirmonda un tortib qo‘llari qavargan edi. Uy ishlari mashaqqatidan qiynalib ketgan Fotima roziyallohu anho bir kuni otalari ‒ Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qullar kelgani, ularni kishilarga xizmatchi qilib bo‘lib berayotganlarini eshitib qoldilar. Boshqalar xizmatchi tutganda, bizda ham bir xizmatchi bo‘lsa nima qilibdi, degan fikr bilan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga qo‘l tegirmon tortaverib qo‘llari qavarib ketganidan shikoyat qilgani bordilar. U zot uyda yo‘q ekanlar, Fotima roziyallohu anho shikoyatlarini Oisha onamizga aytayotib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qullar kelganligi haqidagi xabar o‘zlariga etganini ham eslatib qo‘ydilar. So‘ngra yana uy xizmati bilan mashg‘ul bo‘lish uchun ortlariga qaytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga qaytib kelganlarida Oisha onamiz bo‘lib o‘tgan xabarni u zotga etkazdilar. U zot, kech bo‘lishiga qaramay, Aliy va Fotima roziyallohu anhumoning maskanlari tomon yo‘l oldilar. Kechqurun tushib qolgani uchun, ikkovlari joylarini solib, yotib olishgan edi. Ular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kelganlarini bilib, o‘rinlaridan tura boshlagan edilar, U zot qo‘ymadilar. Joyingizda yotavering, deb oralariga kelib o‘tirdilar va birdan maqsadga o‘tdilar: «Men sizlarga ikkovingiz so‘ragan xodimdan ko‘ra yaxshiroq narsani aytib beraymi? Har kech o‘rningizga yotganingizda o‘ttiz uch marta «Subhanallohi», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillahi» va o‘ttiz to‘rt marta «Allohu akbar» desangiz, ana o‘sha siz uchun xodimdan ko‘ra yaxshiroq», – dedilar. Ushbu hadisni hujjat qilib olgan ba’zi ulamolarimiz: «Ayol kishining uy xizmatlarini qilishi vojibdir», deydilar. Boshqa birlari esa: «Erining imkoni bo‘lsa, xizmatchi olib bersa ham bo‘ladi», deydilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rohmatullohi alayhilar qilgan rivoyatda Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo roziyallohu anho quyidagilarni aytadilar: «Zubayr menga uylanganida uning moli ham, quli ham yoki biror narsasi ham yo‘q edi. Faqatgina minadigan oti va suv tortib chiqaradigan hayvoni bor edi. Men uning otiga em berar va unga kerakli boshqa ishlarni ham qilar edim. Shuningdek, suv tortadigan hayvoniga ham em-suv berib, boshqa ishlarni qilar, jumladan, xamir ham qorar edim. Uch farsaxlik masofadan boshimda shox-shabba ko‘tarib kelardim. Abu Bakr menga bir cho‘ri yubordi. U otga qarashga kifoya qildi. Men xuddi cho‘rilikdan ozod bo‘lgandek bo‘ldim». Adolat yuzasidan aytishimiz lozimki, bu borada haddidan oshganlar ham yo‘q emas. Xotinni cho‘ri o‘rnida ko‘radiganlar ham talaygina. Ba’zi qaynonalarning kelinlarga qarata: «Menga cho‘ri bo‘lsang, yurasan, bo‘lmasa, ketasan», deganlari ham sir emas. Albatta, bu darajaga etib borish mutlaqo nojoizdir. Ba’zi Hanafiy ulamolar: «Xotin erining xizmatini qilishi vojib», deganlar ham. Demak, ayol ham, erkak ham bu masalada o‘zi tashabbus ko‘rsatishi lozim. Bir-biriga yordam berib, o‘zaro hamkorlikda ro‘zg‘or tebratishlari kerak bo‘ladi. 12. Erning oila a’zolariga yaxshilik qilish. Xotinning o‘z eriga yaxshilik qilishi sirasiga uning ota-onasiga va boshqa qarindoshlariga yaxshilik qilishi ham kiradi. Zotan, erning ularga yaxshilik qilishi shariatning talabidir. Ota-onaga yaxshilik qilish va qarindoshlarga silai rahm qilish qanchalik ahamiyatga ega ekanligini har bir musulmon yaxshi biladi. Yuqorida zikr qilingan ishlar xotinning o‘z eri oldidagi shariat belgilagan burchlaridir. Bu burchlarni ado etish har bir muslima ayol uchun sharaf va savobdir. Ayolning eriga nisbatan rioya qiladigan odoblari: 1. Muslima ayol Alloh taologa ma’siyat bo‘lmagan barcha narsada erining roziligini topishga harakat qiladi. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qay bir xotin o‘lsa-yu, eri undan rozi bo‘lsa, u jannatga kiradi», – dedilar».Termiziy va Hokim rivoyat qilishgan. 2. Hayotdagi eng go‘zal faziylat qanoatdir. Risoladagi xotin o‘zini bu faziylat bilan ziynatlamog‘i darkor. Turli hoyu havas deb, zeb-ziynat talab qilib, erni qiyin ahvolga solish yaxshi emas. Avvalgi momolarimiz rizq-ro‘z topish uchun jo‘nab ketayotgan erlariga: «Harom kasb qilmang. Allohdan qo‘rqing. Biz ochlik-nochorlikka chidaymiz, lekin do‘zaxning azobiga chiday olmaymiz», der ekanlar.3. Erga ixlos bilan xizmat qilish ham ayollarning yuksak odoblaridan biridir.Ulug‘ imomlardan biri bo‘lmish Ja’far Sodiq rahimahulloh: «Bir soliha ayol o‘z eriga etti kun xizmat qilsa, Alloh uning qarshisidagi do‘zaxning etti eshigini yopadi va jannatning sakkiz eshigini ochadi», – degan edilar.4. Xotin oilada chiroyli amallarga odatlanmog‘i lozim. Qur’on o‘qish, kitob mutolaa qilish, axborotlardan xabardor bo‘lish, haqiyqatni himoya qilish shular jumlasidandir. Chunki, oqila va ma’rifatli ayol hamisha e’zozda, e’tiborda bo‘ladi.5. Uyning sodda, saranjom-sarishta bo‘lishi ham asosan xotin kishiga bog‘liq. Uyning ziynati naqsh-nigoru ayollarda emas, balki sarishtalik, totuvlik va mehr-muhabbatda ekanli¬gini hech qachon unutmaslik kerak.6. Xotin kishi erining vijdoniga aylanib, uni gunohdan, yomon ishlardan qaytaradi, savobga, yaxshi ishlarga undab turadi.Bunday ayollar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Mo‘min banda Allohga bo‘lgan iymondan so‘ng erishgan eng yaxshi narsa soliha xotindir, unga qarasa, xursand qiladi va Allohning amrini bajarishda yordam beradi», deb maqtagan ayollar qatoriga kiradilar. 7. Soliha xotin engillik paytida ham, og‘irchilik paytida ham eri uchun eng yaqin kishi, dardkash, maslahatchi bo‘ladi. Uni sabr-chidamga da’vat qiladi, tushkun kunlarida ko‘nglini cho‘ktirmay, doimo oldinga intilishga undaydi. 8. Soliha ayol o‘z erining yaqin yordamchisi, ishonchli kishisi bo‘lib, hamma narsalarni tartibga solib turadi. Uning qilmoqchi bo‘lgan ishlariga hurmat bilan qarab, va’da va uchrashuvlarini o‘z vaqtida o‘tkazishiga yordam berib boradi. Bu holat, albatta, erni uyga bog‘laydi. Chunki u bu erda rohat-farog‘at, huzur-halovat topadi.9. Ayol kishi eri huzurida shirinsuxan, xushmuomala bo‘lish bilan birga, toza, chiroyli kiyingan, ziynatlangan holda bo‘lishi kerak. Chunki bu narsa er qalbiga xursandchilik, ruhiga sokinlik kiritadi, qalbiga quvonch bag‘ishlaydi.10. Risoladagi xotin erining oldida ham, ortidan ham obro‘sini, molini saqlaydi, sharafini muhofaza qiladi.
28 Aprel 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 206 | Oila va turmush