Taomdan avval

Assalamu alaykum, aziz va qadrli ustozlar! Ba’zilar ovqat eyishdan avval 7 yoki 11 marta “Ar-Razzoq” deb zikr aytib, so‘ng taom eyishadi. Shu amal sunnatda vorid bo‘lganmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عُمَرَ بْنِ أَبِي سَلَمَةَ رضي الله عنه قَالَ كُنْتُ غُلَامًا فِي حَجْرِ رَسُولِ اللهِ  صلي الله عليه وسلم
، وَكَانَتْ يَدِي تَطِيشُ فِي الصَّحْفَةِ، فَقَالَ لِي النَّبِيُّ  صلي الله عليه وسلم
يَا غُلَامُ، سَمِّ اللهَ، وَكُلْ بِيَمِينِكَ، وَكُلْ مِمَّا يَلِيكَ، فَمَا زَالَتْ تِلْكَ طِعْمَتِي بَعْدُ .رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘idagi bola edim. Qo‘lim tovoqda borib-kelar edi. Shunda u zot menga: «Ey g‘ulom! «Bismillah», degin, o‘ng qo‘ling bilan egin, o‘z oldingdan egin!» dedilar. Shundan so‘ng eyishim shunday bo‘ldi».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilganlar.(“Ijtimoiy odoblar” kitobidan).
Anvorul boriy sharhi sahihi Buxoriy” nomli kitobda : Muhaddis Ibn Abu Jamra suv ichish borasidagi zikr qilgan hadisda, “Agar suvni toatga quvvat bo‘lsin degan niyatda, har nafas olishda tasmiya va hamdni aytib tursa, suv oshqozoniga borib, tasbeh aytib turadi” deganlar. Muhaqqiq A’yniy : “Bu narsa faqat ichimlikka tegishli bo‘lmay, taomlarga ham taalluqlidir” deganlar.
Taomdan oldin 7 yoki 11 marta “Ar-Razzoq” deyishni bilmaymiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:13 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar