Qarzdan qutulish

Assalamu alaykum! Savollar qanchalik no o‘rin bo‘lmasin javob berganlaringiz uchun Alloh rozi bo‘lsin. 5-6 yil bo‘ldi, boshqa shaharda talabalik yillarimda o‘sha shaharlik 2-3 tanishlarimdan oz bo‘lsada qarz bo‘lganman. Falon muddatta qaytaraman deb qarz olib, mutakabbirlik qilib(astag‘firulloh) qaytara olmadim. Endi o‘sha qarz olgan tanishlarimni 400 kilometr masofaga borib(meni eslay olishmaydi chamamda) topib qarzimni beray desam u kishilarni topishimdan ko‘ra topa olmasligim ko‘proq. Lekin o‘sha kishilar bilan har zamonda aloqaga chiqib turadigan do‘stim bor. Qarzimni shu do‘stimga berib, “shu insonlarga berib qo‘ying” deb omonat qilib topshirsam bo‘ladimi? Maboda do‘stim bu taklifimni rad qilib bajara olmasa, qarz olgan tanishlarim nomidan sadaqa qilib yuborsam bo‘ladimi? Bo‘ynimda qarzdan soqit bo‘ladigan yo‘lni ko‘rsatib bering ustozlar! Javobingiz uchun oldindan rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning holatingizda haqdorlarni topish imkoniyati bor. O‘z egalariga topshirmaguningizcha zimmangizdan soqit bo‘lmaydi. Ular nomidan sadaqa qilishingiz o‘tmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:17 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar