Sumalakka tavof qiladimi?

Assalomu alaykum! Men Surhondaryo viloyatida o‘qiyman o‘zim vodiylikman. Kursdoshlarim yaqinda universitetimizga sumalak olib kelishdi va shu erlik qizlar idishdagi sumalakka tavof qilishdi (yuziga surtib,omin qilib.... ) men hayron bo‘lib so‘ragandim ular biz tavof qilamiz momolarimiz shunday o‘rgatishgan dedi. Men muqaddas Ka’baga va Qur’onga tavof qilinadi menimcha bo‘lmaydi qabrga ham tavof qilinmaydi desam momolarimiz bir narsani bilishmasa aytishmaydi-ku deyishdi. Shu ish to‘g‘rimi yo men bilmaganim uchun noto‘g‘ri aytdim-mi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizdagi odamlar sumalakni dinga bog‘lashadi. Aslida uni dinga zarracha ham aloqasi yo‘q. Dindan bexabar to‘qimachi xurofotchilar sumalak kavlasang duolaring ijobat bo‘ladi deb uydirmalarni ham to‘qib olishgan. Namoz o‘qib sajdada so‘ramaydi, ammo qozon kavlab so‘rasa ijobat bo‘ladi deydi. Nodonlik ham shunchalik bo‘ladimi? Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar