Sigaret chekkan odamni namozi
Assalomu alaykum! Men doimiy ravishda sigaret chekaman. Lekin 5 maxal namoz o‘qib yuraman. Meni qiynagan narsa bu sigaret xaromligi va namozlarim qabul bo‘lmayabdimikin degan xayollar. Ba’zida namozni chekishni tashlaganingdan keyin o‘qiy barii bir xozir o‘qiganlaring qabulmas degan xayollar keladi. Bir umr chekib yashash niyatim yo‘q. Albatta bir kun tashlarman, lekin u kungacha qilgan ibodatlarim tutgan ro‘zalarim xabata bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U shaytoniy xayol hisoblanadi. Chunki u sizni ibodatsiz itdek o‘lib ketishingizni xohlaydi. Har bir o‘qigan farzlaringiz zimmangizdan ado bo‘lishi aniq. Namozni savobini olaverasiz. Gunoh qilganingiz uchun esa gunoh olasiz. Ikkisini bir-biriga bog‘lamang. Albatta gunohingiz ibodatlaringiz nurini so‘ndirishi va savobini kamaytirishi bor. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 149 | Namoz