Namozni qasr o‘qish

Assalomu alaykum! Biz chet elda qurilishda ishlaymiz, ba’zida turar joyimizdan shar’iy masofadan uzoqda joylashgan qurilish maydoniga qatnaymiz. Bomdodda chiqib, shomda qaytamiz. Men bu vaqtda Hazratning quyidagi link https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topik=22805.0 dagi javoblariga asosan namozni to‘liq o‘qish kerakligini tushundim. Bir do‘stimiz esa “qasr o‘qish kerak” deb, qasr o‘qiydilar. Men peshin va asrda jamoatga qo‘shilib imom ikki rak’atdan so‘ng salom bergandan keyin namozimni to‘liq qilib o‘qiyman. Shunday yo‘l tutishim joizmi? Do‘stimning namozining hukmi nima bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir odam safar masofasicha bo‘lgan yo‘lni qasd qilib, yo‘lga chiqishi bilan musofirga aylanadi. va shahar tashqarisiga chiqishi bilan musofirning hukmlari unga joriy bo‘ladi. Do‘stingizni “qasr o‘qish kerak” degan gapi to‘g‘ri. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:28 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar