Tovon to‘lash

Assalomu alaykum! Oldin bergan savolimga javob oldim, buning uchun rahmat. Bir do‘stim bilan hazillashib telefonini sindirib qo‘ydim. U menga “bu telefonni 120$ olgan edim, tuzatib berasan” dedi. Shunda men “shuni sen tuzattir, men yarim pulini beraman. Axir sen ham hazillashdinku” dedim. U rozi bo‘li ketdi. Biroz turib menga telefon qilib, oyisi uyidan haydab yuborganini aytdi va “ko‘rishaylik” dedi. Keyin menga “telefonni o‘zing tuzatib berasan” dedi. Men “buncha pulim yo‘q” desam, oyisini “Oyi telefonimni bir bola sindirib qo‘yib to‘lamayman deyapti” deb telefonda chaqirdi. Oyisi menga “bu telefonni sovg‘aga olgan edik, buni tuzatish uchun bizda pul yo‘q” deb yig‘lab yubordi. Men “tuzatib beraman” dedim, lekin ustaxonalarda u telefon uchun sensor yo‘q ekan. Telefonni narxi 100 ming so‘m turar ekan. Endi unga yangi telefon olib berishga majburmanmi yoki yo‘q? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘laysiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar