Sajda oyatimi?

Assalamu alaykum! Ustozlar, men Hazratmizning “Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi” onlayn xatmida “Oli Imron” surasining 185-oyatida tilovati sajda belgisini ko‘rdim. Bu sajda oyatimi? Men shunday tushunib, sajda qildim. Aslida ham shundaymi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!  كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ الْمَوْتِ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ وَما الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلاَّ مَتَاعُ الْغُرُورِ۝

 185. Har bir jon o‘limni totuvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to‘lig‘icha olursiz. Kim olovdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa aldov matohidan boshqa narsa emas.
Ushbu oyat sajda oyati emas. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar