Salbiy ta’siri bormi?

Assalamu alaykum! Ishlab chikarish jarayonida murakkab elektr ta’minoti tizimini tartibga solish maqsadida yollanma mutaxassislardan foydalanamiz. Ular yuqori malakali bo‘lishi bilan birga, deyarli e’tiqodsiz odamlar. Bunday odamlarning xizmatidan foydalanib, haq beramiz. E’tiqodsiz kishilarning aralashuvi ishlarimizning barakotli bo‘lishiga salbiy ta’sir qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa din vakillarini ijaraga olib ishlatish joiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar