Ism tanlash haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Alloh nasib qilsa, yaqin kunlarda farzandli bo‘lamiz. Farzandiga chiroyli ism qo‘yish barcha ota-onaning burchi hisoblanadi. Alloh marhamati ila qiz farzandli bo‘lsak, qizimizga qanday ism qo‘yish haqida o‘ylanib qoldik. Ismlar ichida Payg‘ambarimiz oilalariga tegishli bo‘lganlarini qo‘yishni maqsad qilgandik. Oysha, Fotima, Hafsa, Zaynab va boshqalar. Agar qiz farzand ko‘rsak, qizimizga qanday ism qo‘yganimiz ma’qul? Maslahat bersangiz minnatdor bo‘lardik.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulardan qaysi birlarining ismini qo‘ysangiz ham Alloh o‘sha onalarimizdek bo‘lishini nasib qilsin. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:49 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar