Avrat

Assalomu alaykum!  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuga qilgan nasixatlarida ma’nosi quyidagicha: Ey Ali nomaxramga bir nazar ortidan ikkinchisini ergashtirmang…
Vaxolangki bugungi kunda bu o‘ta qiyin bo‘lib qoldi. Masalan bitta ishxonada ishlaydigan xamkasblar…Rosululloh bu erda nimaga (qayeriga) qaramang deganlar. Yoki o‘sha paytda yonlaridan islomda bo‘lmagan ochiq-sochiq ayol o‘tib qolganmikin?
2. Ayollarni yuzini yopib yurishiga shariatda qanday bo‘ladi? Qur’on musobaqalarida ham yuzlari ochiq. Mazxabda yuzi va kafti avrat bo‘lmasa bu degani yuzini to‘smasdan yursa bo‘laveradimi? Agar shunday bo‘lsa nima uchun oldingi momolarimiz paranjida yurishgan? Agar kafti ochiq turishi mumkin bo‘lsa o‘z o‘zidan qo‘lini ust tomoni xam ochilib ko‘rinib qoladiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ishxonada tikilib qarab turishingiz ham o‘shanga kiradi. 2). Fuqaholar: “Yuz avrat emas. Ochib yurish fitnaga sabab bo‘lsa fitnani oldini olish uchun berkitish kerak”  deganlar. Avvalgi vaqtda ochiq-sochiqlik bu darajaga etmagani uchun erkaklar ayol kishini oyoq tuvushini eshitib g‘usl vojib bo‘lish darajasiga etishgan. Hozirda ayollarning yuzdan ko‘ra erkaklarni qiziqtiradigan boshqa joylari ham ochiq bo‘lgani uchun yuzni fitnaga solishi kamroq bo‘lib qoldi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 61 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar