Qurbonlik va aqiqa

Assalamu alaykum! Men qurbonlik kunida aqiqa qilmoqchi edim, o‘shani qurbonlik deb niyat qilsam bo‘ladimi? Lekin menga hali qurbonlik vojib bo‘lmagan. Ba’zilar “qurbonlik vojib bo‘lmagan inson qurbonlik deb jonliq so‘ysa eb bo‘lmaydi” deyishdi, bu qanchalik haqiqatga yaqin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisi alohida-alohida ibodat bo‘lib, birining niyati ikkinchisidan o‘tmaydi. Yoki qurbonlik qilasiz, yoki aqiqa. Qurbonlik vojib bo‘lmagan inson qurbonlik deb jonliq so‘ysa esa bo‘ladi. “Bo‘lmaydi” deganlar noto‘g‘ri aytishibdi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:55 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar