Savob umididagi ish

Assalamu alaykum! Ustozlar savolim shuki : biz savob umidida qabr kavlashga boramiz, lekin mayyit egalari dafndan so‘ng qo‘limizga pul va tugun berishadi. Biz “olmaymiz” desak ham qo‘ymaydi. Agar shu berilgan narsalarni olsak umid qilgan savobimiz kamayib qolmaydimi? Savol noo‘rin bo‘lsa uzr. Allohim barchamizni oxiratda yuzimizni yorug‘ qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عُلَيّ بن رباح اللخمي قال: سمعت أبا رافع يحدث أن رسول الله -صلى الله عليه وسلم- قال: "من غسّل مسلما فكتم عليه غفر الله له أربعين مرة، ومن حفر له فأجنه أجرى عليه كأجر مسكن أسكنه إياه إلى يوم القيامة، ومن كفّنه كساه الله يوم القيامة من سندس وإستبرق الجنة" Ali ibn Raboh Laxmiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Men Abu Rofi’ roziyallohu anhuning : “Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning : Kim bir musulmonni g‘usl qildirib aybini berkitsa Alloh taolo qirq bor uning aybini mag‘firat qiladi. Kim qabr kavlab unga qo‘ysa, qiyomat kunigacha bir maskanga joylashtirganning ajrini joriy qiladi. Kim uni kafanlasa qiyomat kuni Alloh taolo uni jannatdagi sundus va istabroq bilan siylaydi” deyayotganlarini eshitdim” dedi”.(Hokim rivoyati).
Pulini kelishilmagan va urfga kirmagan bo‘lsa, olishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar