Janozada yig‘lash

Assalomu alaykum! Shariatimizda janozada “dod, voy” qilib yig‘lasa bo‘ladimi? Umuman yig‘lash mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odatda yaqinlari vafot qilgan kishining beixtiyor yig‘lagani va ko‘zidan yosh chiqqani uchun gunohkor bo‘lmaydi.
أُسَامَةُ بْنُ زَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: أَرْسَلَتِ ابْنَةُ النَّبِيِّ  إِلَيْهِ إِنَّ ابْنًا لِي قُبِضَ فَائْتِنَا. فَأَرْسَلَ يُقْرِئُ السَّلَامَ وَيَقُولُ: «إِنَّ ِللهِ مَا أَخَذَ وَلَهُ مَا أَعْطَى، وَكُلٌّ عِنْدَهُ بِأَجَلٍ مُسَمًّى، فَلْتَصْبِرْ وَلْتَحْتَسِبْ». فَأَرْسَلَتْ إِلَيْهِ تُقْسِمُ عَلَيْهِ لَيَأْتِيَنَّهَا، فَقَامَ وَمَعَهُ سَعْدُ بْنُ عُبَادَةَ وَمُعَاذُ بْنُ جَبَلٍ وَأُبَيُّ بْنُ كَعْبٍ وَزَيْدُ بْنُ ثَابِتٍ وَرِجَالٌ، فَرُفِعَ إِلَى رَسُولِ اللهِ  الصَّبِيُّ وَنَفْسُهُ تَتَقَعْقَعُ - قَالَ حَسِبْتُهُ أَنَّهُ قَالَ - كَأَنَّهَا شَنٌّ. فَفَاضَتْ عَيْنَاهُ. فَقَالَ سَعْدٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا هَذِهِ؟ فَقَالَ: «هَذِهِ رَحْمَةٌ جَعَلَهَا اللهُ فِي قُلُوبِ عِبَادِهِ، وَإِنَّمَا يَرْحَمُ اللهُ مِنْ عِبَادِهِ الرُّحَمَاءَ». أطرافه: 5655، 6602، 6655، 7377، 7448 - تحفة: 98

1284. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo so‘zlab berdi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qizlari u zotga: «O‘g‘lim jon taslim qilyapti, biznikiga keling», deb odam yubordi. U zot sollallohu alayhi vasallam salom aytib: «Albatta, olgani ham Allohnikidir, bergani ham Unikidir. Har bir narsa Uning huzurida belgilangan ajali bilandir. Sabr qilsin va savob umidida bo‘lsin», deb odam yubordilar. U esa qasam ichib, «Albatta kelsinlar», deb yana odam yubordi. U zot turdilar. U zot bilan birga Sa’d ibn Uboda, Mu’oz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va bir qancha kishilar ham turishdi. Bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘tarib olib kelinganda uning joni po‘k-po‘k qilar edi. – Menimcha, «xuddi eski meshga o‘xshab», dedi – U zotning ko‘zlaridan yosh quyildi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning Rasuli, bu nima?» dedi. U zot: «Bu Allohning bandalari qalbiga solgan rahmatdir. Alloh rahmli bandalarigagina rahm qiladi», dedilar».(Oltin silsila).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Chakkasiga urib, yoqasini yirtib johiliyat gaplarni aytuvchi kishi bizdan emas” deganlar. (Buxoriy rivoyati). Yana boshqa bir hadislarida : “Men (boshiga bir musibat tushganda) sochini yuluvchi, yoqasini yirtuvchi va dod-voy solib baqiruvchidan bezorman” deganlar. (As-Sunanul Kubro). Bu hadislar qasddan yig‘laguvchilar haqida. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar