Aroq ichgan odamning duosi

Assalomu alaykum! Men ko‘pgina to‘y va marosimlar yakunida aroq ichgan otaxonlar dasturxonga duo qilishini ko‘raman. Ular duosida Allohni zikr qiladi, ko‘p yaxshi duolar ham qilishadi, o‘sha paytda ko‘p bilan birga duoga qo‘l ko‘tarsak bo‘ladimi yoki ko‘tarmasdan turishimiz yaxshimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘l ko‘tarmasligingiz ularga tanbeh bo‘lib, hayo qilishlariga sabab bo‘lsa qo‘l ko‘tarmaganingiz ma’qul. Agar ular to‘g‘ri qabul qilib, ibrat olmasalar ularni hidoyatiga duo qilganingiz ma’qul. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar