ISLOM OLIMLARI

ASSAlamu a’laykum Xurmatli Shayx Muxammad SOdik Muxammad Yusuf janoblari!Sizga kiyidagi savolim bor. Xozirgi kunda islom olamining eng euk olimi kim? ya’ni Robitai Islomiyaning raisi kim? 2. Mana shu inson butun islom olamining eng katta imomi xisoblanadimi yoki Islom dinida xozirgi kunda boshka dindagi kabi bitta katta imomi yukmi?Javobingiz uchun tashakkur
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo “Robitai Islomiya” degan narsaning o‘zi yo‘q. Makkada “Robitatul olamil islamiy” tashkiloti bor. Uning raisi emas, bosh kotibi bor. U odam eng etuk olim emas. O‘sha inson Islom olamining eng katta imomi emas. Hozirgi kunda boshqa dindagi kabi bitta katta imom yo‘q. Bo‘lishi shart ham emas.

27 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar