Qazo namozining vaqti
Assalomu alaykum! Bir necha yillik qazo namozlarini Asrdan to Shomgacha bo‘lgan vaqtda o‘qisa bo‘ladimi? Bir odamdan so‘rasam “o‘sha kungi qazo bo‘lsa bo‘ladi” dedi. Lekin yaqinda kunning ilk namozi shom ekanligi haqida o‘qib qoldim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asrdan shomgacha ikki xil vaqt bor. Biri to‘liq vaqt bo‘lib, unda qazo namozlarini o‘qish joiz. Ikkinchisi noqis vaqt bo‘lib, unda qazo namozlar o‘qilmaydi. To‘liq vaqt asrdan to quyoshning nuri yumalog‘ining ichiga qaytguncha bo‘lgan vaqtdir. Shariatda uni “isfirorushshams” ya’ni quyosh sarg‘ayib ko‘zni olmaydigan darajaga kelishiga aytiladi. “isfirorushshams”dan to quyosh botguncha bo‘lgan vaqt noqis vaqt bo‘lib, u vaqtda qazo namozlarini o‘qisa bo‘lmaydi. Lekin janoza, tilovat sajdasini qilish joiz. Biz Shom namozini kunning ilk namozi deb emas, balki tunning ilk namozi deganmiz. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 154 | Namoz