Qo‘shni itining zarari

Assalomu alaykum! Qo‘shnimiz uyida 2ta it boqadi. U itlar bizning uyimizga kirib parrandalarimizni eb qo‘yyapdi. Shu kungacha etkazgan zarari bir milionga etti. Itlaringni yo‘q qilinglar zararimni qoplanglar desam ayb o‘zlaringda yaxshilab qamash kerak edi dedi. Kecha tovuq katakimiz ochiq qolib ketgan ekan yana bitta o‘rdakimizni eb qo‘ydi. (Oldingi safar itning o‘zi eshikni ochib hamma parrandalarimizni eb ketgan). Hafa bo‘lib gunohga botyapsilar deb gapirsam qo‘shnim ham mendan hafa bo‘lib bitta o‘rdakni pulini berdi. Qo‘shnichilik munosabatlarimiz shu itning orqasidan yo‘qolib borayapdi. Shu qo‘shnini bergan puli menga xarom emasmi? 2) shunday vaziyatda qo‘shnimning itini zahar berib o‘ldirsam gunoh bo‘lmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zararni qoplaydigan miqdorda joiz.2). Birovning mulkini tajovuz qilmang. Mas’ul idoralarga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar