Halol bo‘lmagan pullar
Assalomu alaykum! Bir necha yil avval bajargan ishim joiz emasligini va shu ish uchun olgan pullarim halol emasligini bildim (istig‘for aytyapman, Alloh tavbalarimni qabul qilsin). Endi shu pullarni nima qilsam bo‘ladi? Pul berganlar rozi bo‘lib, xatto ba’zida kerak emas, desam ham berishgan. Endi bu pullarni egalariga (agar ularni topolsam) qaytarib beraymi yoki savob umid qilmasdan sadaqa qilganim afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday pulning hukmi savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilish. Qiyomat kuni bo‘lganida bir insonni olib kelinadi. U hayotida yaxshilikning birorta ham yo‘lini qoldirmay hammasiga sarflagan bo‘ladi. Masjid qurgan, faqir-miskinlarni taomlantirgan, kitoblar tarqatgan, iftorliklar qilib bergan va hokazolar. Shunda unga Alloh taolo tarafidan do‘zaxga tashlansin degan hukm chiqariladi. Farishtalar xayron bo‘lib, shuncha yaxshiligi zoe bo‘ladimi? – deyishganida, “Uning topganini asli haromdan edi, sarflaganlari ham o‘shaning foydasidan bo‘lgan edi. Allohning huzurida faqat pokiza nafaqalar qabul bo‘ladi” deyiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom