Idda o‘tirish joyi
Assalomu alaykum! Ma’lumki, agarda er xotinini taloq qilsa xotin to‘rt oy o‘n kun iddada o‘tirishi kerak. Bu iddada o‘tirish erining uyida bo‘lishi kerakmi? Agarda er xotinini taloq qilib uyidan xaydab yuborsachi? Bunda xotinga gunoh bo‘lmaydimi? Yoki idda makonining ahamiyati yo‘qmi? Rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda taloq qilingan ayol to‘rt oy o‘n kun idda o‘tirmaydi. Balki hayz ko‘radigan ayol uch hayz o‘tiradi, hayz ko‘rmaydigan bo‘lsa, uch oy o‘tiradi. Ayol iddani erning uyida o‘tkazishi kerak. Haydalib yuborilsa majbur imkon topgan joyida o‘tiradi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush