Allohning ne’matlari

Assalamu alaykum! Men mahallamizdagi imomning xutbasida eshitdim. Unda : “Alloh xohlasam gunohini kechaman, xohlasam O‘z fazlim bilan boy qilaman. Ammo kim meni ne’matlarimni shukrini ado qilsa, albatta ziyoda qilib beraman” degan ekan. Vallohu a’lam. Iltimos menga bir kalima yoki amal o‘rgatinki, shu kalimani aytib yoki amalni qilib Allohga yaqin bo‘lay va menga bergan ne’matlariga chiroyli shukur qiluvchilardan bo‘lay. Iltimos sizdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibni Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Allohning bandalaridan bir banda :“Ya robbi lakal hamdu kama yanbag‘i lijalaali vajhika va a’zimi sultonikdedi. Bu narsa ikki farishtaga(savobini yozish) qiyin bo‘ldi. Savobini qanday yozishni bilmay qoldilar. Allohning xuzuriga ko‘tarilib, : “Ey Robbimiz bir bandang bir so‘zni aytdi, uni qanday yozishni bilmayapmiz” deyishdi. Alloh bandasining aytganini bilguvchi bo‘lsada : “Bandam nima dedi” dedi. Ikki farishta : “Ey Robbimiz u : “Ya robbi lakal hamdu kama yanbag‘i lijalaali vajhika va a’zimi sultonik”. Shunda Alloh taolo ikkisiga : “U kalimani bandam aytganidek yozib qo‘yaveringlar, menga yo‘liqqanda o‘zim mukofotini beraman” dedi”(Ibni Moja rivoyat qilgan). “Navodirul Usul” kitobida Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Agar dunyo to‘laligicha ummatimdan bir kishining qo‘lida bo‘lsayu, so‘ng u : “Alhamdulillah” desa o‘sha “Alhamdulillah” deyishi unga berilgan dunyodan afzaldir” dedilar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:30 | Savol-javoblar | 324 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar