Jannatga uy hayvonlari kiritiladimi?

Assalomu alaykum! Jannatga uy hayvonlari yoki boshqa hayvonlar ham kiritiladimi? Shu to‘g‘risida hadis yoki biror ma’lumotlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqda biror sahih rivoyat yo‘q. lekin "Ruhul bayon" kitobida Muqotil rohimahulloh tarafidan jannatga kiruvchi hayvonlar o‘ntaligi aytib o‘tilgan. Ular :1. Solih alayhissalomning tuyasi.2. Ibrohim alayhissalomning buzog‘i.3. Ismoil alayhissalomning qo‘chqori.4. Muso alayhissalomning sigiri.5. Yunus alayhissalomning balig‘i.6. Uzayr alayhissalomning eshagi.7. Sulaymon alayhissalomning chumolisi.8. Bilqis(Sulaymon alayhissalom ayoli)ning po‘pisha(qush)gi.9. Kahf ashoblarining iti.10. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalari. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:30 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar